Сайтка кириу

Пайдалы дереклер


Район хаккында

QORAO’ZAK TUMANI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT

Qorao’zak tumani 1975 yil 26 sentyabrda tashkil topgan. Qorao’zak tumani Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bir bo’lagi bo’lib, uning shimoliy-sharqiy tomonida joylashgan. Tuman g’arbdan Chimboy, Kegayli, Nukus tumanlari, shimoldan Muynoq tumani, sharqdan Taxtakupir tumani, sharq-janubdan Beruniy tumani va janub-g’arbdan Amudaryo tumani bilan chegaradosh.

Maydoni 5,89 ming kv.km. Tumanda bitta shaharcha tipidagi posyolka, 4 ta mahalla, 7 ta ovul fuqarolar yig’ini bor. Markaziy-Qorao’zak shaharchasi.

2015 yil 1 yanvar holatiga aholisi soni 50,3 ming kishini tashkil etadi. Shundan 14,9 ming kishi shaharda, 35,4 ming kishi qishloqda yashaydi.

Ob-havosi yozda quruq va issiq, qishda sovuq, ob-havosi o’zgaruvchan.

Tuman asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan bo’lib, asosan paxtachilik va g’allachilik yetishtirish bilan shug’ullanadi.